jet •  XPEED • Neva
Boshqa davlatlardagi global trendlar va bozor holatini kuzatib, East Telecom, Raqamli Transformatsiya (Digital Transformation yoki DX) - bu har qanday biznesni o'sishi va gullashi uchun muhim instrument ekanligini tushunib yetdi. Telekommunikatsiya biznesi va ko'rsatilayotgan xizmatlarning rivojlanishi bilan biznesning barcha sohalarida raqamli transformatsiyaga bo'lgan ehtiyoj ortib bormoqda.

East Telecom – raqamli transformatsiya sohasida sizning ishonchli hamkoringiz.

Raqamli texnologiyalarni biznesga tatbiq etishning ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida, East Telecom, global tendentsiyalarga rioya qilgan holda telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishdan DX kompaniyasiga o'tishni boshladi. Bu o'z biznes hamkorlari uchun yangi va innovatsion yechimlarni taqdim etish va O'zbekistonda Digital Transformation sohasida yetakchi o'rinlarni egallash imkonini berdi.
~ Bizning tariximiz

2003-yil

Kompaniya tashkil etilgandan so'ng, East Telecom yuqori sifatli Internet xizmatlari va telefon aloqalarining to'liq spektrini taqdim etishga katta e’tiborini qaratdi, bu esa qisqa vaqt ichida kompaniyani O'zbekistondagi statsionar aloqa operatorlari orasida yetakchi o'rinlardan biriga olib chiqdi.

2007-yil

Kompaniyaning keyinchalik rivojlanishiga ta’sir etuvchi bir nechta muhim voqealar sodir bo’ldi.

  • East Telecom kompaniyasi KT Corporation (Koreya Respublikasi) va Sumimoto Corporation(Yaponiya) kabi global bizneslarning bir qismiga aylandi.

  • EVO kompaniyasi tashkil etildi – mobil WiMAX ikkinchi to’lqin(wave-2) dunyodagi eng birinchi operator tarmoqlaridan biri.

  • Shuningdek, Farg'onada 638 km VOLS(optik tolali aloqa liniyalari) qurildi.

2012-yil

East Telecom kompaniyasi imidj o'zgarishi va rebrending jarayonining boshlanishi haqida e'lon berishdi, bundan maqsad kompaniyaning sifatli xizmatlarni taqdim etish orqali mijozlarga quvonch baxsh etish istagini aks ettiruvchi zamonaviy va noyob tasvirini yaratish edi.

2013-yil

KT Corporation(Koreya Respublikasi) Sumimoto Corporation (Yaponiya) kompaniyasining ulushini sotib oldi va East Telecom kompaniyasining bosh ta’sischisiga aylandi.

2015-yil

Global tendentsiyalardan ortda qolmasdan, East Telecom tez va barqaror aloqa linyasini qurishni boshlaydi va 4G LTE tarmog'ini muvaffaqiyatli ishga tushiradi,. Kompaniya O'zbekistonning telekommunikatsiya tarixidagi yana bir katta yutuqqa tayyorgarlik ko'rishni boshlaydi: infratuzilmalarni tubdan yangilash va tarmoqlarni optimallashtirish amalga oshiriladi.

2020-yil

"East Telecom" va "Evo" kompaniyalarining "East Telecom" brendi ostida birlashishi kompaniyaning raqamli transformatsiya (Digital Transformation yoki DX) sohasida yetakchi bo'lish ehtimolini yuksaltirdi.

2021-yil

Kompaniyada yana bir muhim birlashuv sodir bo’ldi. East Telecom tarkibiga TPS Internet-provayderi qo’shildi.

2023-yil

Kompaniya o'z oldiga qo’yilgan maqsadga erishdi va O'rta Osiyoda DX sohasida yetakchi o'rinlarni egalladi va hozirda shu yo'nalishda rivojlanishda davom etmoqda. Shu bilan birga, Markaziy Osiyoda ma'lumotlar markazi kamarini yaratish yo'lidagi birinchi qadam bo'lgan ma'lumotlar markazi qurilishi ham boshlandi.